21/10/2022

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida import hajmi 360,2 mln. AQSH dollarini va 2021- yilga nisbatan 177,9 % ni tashkil etdi.

Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (72,7 %), sanoat tovarlari (8,1 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (7,4 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2022- yilning yanvar–sentabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 157,7 mln. AQSH dollariga koʻpaydi va 360,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Axborot xizmati