25/10/2022

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3865,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 148,5 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 48,9 % ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish vino va aroq mahsulotlari va pivo 20,0 % (2021- yil yanvar-sentabr oylarida 21,9 %) ni tashkil etdi. Shahar va tumanlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Jizzax shahriga to‘g‘ri kelib 40,4 % ni va Paxtakor tumani 15,7 % ni, Sharof Rashidov tumani 8,8 % ni hamda Zarbdor tumani 8,7 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, oziq-ovqat iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida eng yuqori ko‘rsatkich

Jizzax shahrida (168,8 %), Sharof Rashidov tumanida (250,9 %) hamda Paxtakor tumanida (201,2 %), qayd etildi.

Axborot xizmati