Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 1975,2 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 26,4 % i o‘zlashtirilgan, turar joy binolari qurilishiga 468,5 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 6,3 % ga yo‘naltirilgan.
Axborot xizmati