Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 12 885,0 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 % ga yuqoridir.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 97,5 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2,5 % ini tashkil etdi.
Hisobot davrida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 49,7 % ni, sanoat tarmog‘i 14,0 % ni, qurilish 6,1 % ni va xizmatlar sohasi 30,2 % ni tashkil qildi.
Axborot xizmati