So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 31,3 % ni tashkil etib, bu  2 010,7 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan хorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilga nisbatan o‘sish kuzatildi

2022– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 918,0 ming taga yetdi.

2022- yilning fevral oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarish holati:

2021– yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 269,9 ming t. poliz (2020– yilning yanvar – dekabriga nisbatan 1,9 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Poliz ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, poliz ishlab chiqarish umumiy hajmidan 54,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

2021– yilning  yanvar– dekabr oylarida  barcha toifadagi  xo‘jaliklar tomonidan  13 139,3 t. (2020– yilning  yanvar– dekabriga  nisbatan 0,2 % ga ko‘p) baliq ovlandi. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil  qilinganda,  ovlangan  baliq  umumiy  hajmidan  69,9 % i  qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar oyida Jizzax viloyatida jami 214,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 102,0 % ni tashkil etdi.Qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar 0,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar 79,9 % hamda norasmiy sektorlarda 19,9 % ni tashkil etdi.

Ishlab  chiqaradigan  sanoat  tarkibida 2020-  yilning  yanvar-dekabr  oylarida metallurgiya  sanoati  ulushi  2,5  %  ni tashkil  etib,  uning  fizik  hajm  indeksi 73,8  %  ga  tashkil  etgan  bo‘lsa,  2021- yilning  yanvar-dekabr  oylari  yakunlariga ko‘ra,  metallurgiya  sanoatining  ulushi  1,6  %  gacha  kuzatildi,  fizik  hajm  indeksi esa,  98,6  %  o‘sish  sur’atlari  kuzatildi  va ishlab chiqarish hajmi 139,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2020- yil yakunida  mamlakatimizda yaratilgan yangi texnologiyalar (texnika yutuqlari), dasturiy vositalar soni 553 tani tashkil etgan.

2021- yilda Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 23 349,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 fevraldagi  61-sonli  “Davlat statistika ishlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 10-mb-son qaroriga asosan tasdiqlangan quyidagi hisobotlarni

Joriy yilning 7-mart kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha a’zolar  hamda  Kasaba uyushma tomonidan 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada ishlayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,4 % ni tashkil etib, 2021-yilning yanvar oyiga nisbatan oʻsish surʼati 125,5 % ga teng.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 247,0 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 141,7 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 40,7 % ni tashkil etdi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra 1 847 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 381 taga yoki 126,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 326 tani tashkil etgan.