16/06/2022

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022- yil yanvar-may oylari yakuniga ko‘ra, 3454,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-may oylariga nisbatan 12,1 % ga oshdi.


Jami chakana savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 85,7 % ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda,
Sharof Rashidov (99,8 %),
Arnasoy (98,8 %),
Zafarobod (98,5 %),
Yangiobod (98,6 %),
G‘allaorol (96,8 %),
Forish (99,3 %) tumanlarida yuqori bo‘lgan.

 

Axborot xizmati