“Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari va mehnatga oid munosabatlarning subyektlari” mavzusida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi.Yig‘ilish davomida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning maqsadi, vazifalariga aloxida to‘xtalib o‘tildi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat unumdorligining o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘maklashadi.
Belgilangan yoshga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning subyektlari bo‘lishi mumkin.
Ish beruvchi mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida. Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin: 1) korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida; 2) mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar; 3) o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda. 4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishlari va sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishi holatlarini oldini olish borasida doimiy ravishda maxsus seminarlar, davra suhbatlari va tushuntirish ishlarini davom ettirish hamda hududiy organlar faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama etilib, bu borada nazorat ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Axborot xizmati