O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyatida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Mazkur yo‘nalishda olis hudud toifasiga kiruvchi Forish tumani Zomin, Baxmal hamda G’allaorol tumani mahallalarida “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida xonadonlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish tartibi, aholi bilan muloqot olib borish qoidalari hamda statistik ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Bunday amaliy mashg‘ulotlar aholini ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va tizimli o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy faollar hamda “Mahalla yettiligi” vakillarining tajribasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
27/10/2025



