Jizzax viloyati statistika boshqarmasi tomonidan ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, axborot xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlarni elektron tarzda qayd etish masalalariga bag‘ishlandi.Tadbir davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda axborot xavfsizligini ta’minlash choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.Mutaxassislar ishtirokida savol-javoblar o‘tkazilib, ro‘yxatga olish jarayoni amaliy tarzda namoyish etildi. Ushbu jarayon fuqarolarga ro‘yxatga olishda qo‘llaniladigan usullar va imkoniyatlarni yaqqol tasavvur etish imkonini berdi.Tadbir ishtirokchilari bunday ochiq uchrashuvlarning fuqarolarning xabardorligini oshirish, ishonchni mustahkamlash va ro‘yxatga olish jarayoniga faol ishtirokni ta’minlashdagi ahamiyatini alohida qayd etdi.
31/10/2025





