10/06/2022

“Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi   1998 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘RQ-670-I-son qonun to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi.

 

 

 

 

Yig‘ilish davomida ushbu Qonunning maqsadi, vazifalariga aloxida to‘xtalib o‘tildi.

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning huquqiy asoslarini, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi.

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: xo‘jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi;

taraflarning o‘zaro manfaatdorligi;  shartnoma intizomiga rioya etish;

taraflarning o‘zaro mulkiy javobgarligi.

Shuningdek, Yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar xo‘jalik shartnomalarining subyektlari (taraflari) bo‘ladi.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

Axborot xizmati