17/06/2022

Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yakunlariga koʻra jami 313,4 ming tonna mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻngi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2017-yilda qayd etilgan.
Bunga koʻra, 2017-yilda respublikamizda jami 565,4 ming tonna mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarilgan.

Xususan:

2016 – yil 509,6 ming tonna, oʻsish surʼati 106,8 %;

2017 – yil 565,4 ming tonna, oʻsish surʼati 111,1 %;

2018 – yil 397,2 ming tonna, oʻsish surʼati 70,3 %;

2019 – yil 362,6 ming tonna, oʻsish surʼati 91,3 %;

2020 – yil 313,4 ming tonna, oʻsish surʼati 86,4 %.

Shuningdek, 2017-yilda ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlarning asosiy ulushi Toshkent viloyati (267,3 ming tonna, 47,3 %) hissasiga toʻgʻri keladi.

Shu bilan birga, 2021-yilning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, yirik korxonalar tomonidan 284,8 ming tonna, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida esa yirik korxonalar tomonidan 110,3 ming tonna mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarilgan.

Axborot xizmati