So'nggi yangiliklar

2022- yil yanvar-fevral oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 656,6 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ishlab chiqarilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida ularning ulushi 59,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar oyida jami faoliyat yuritayotgan boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 164,5 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 77,0 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 0,7 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 102,1 % ni tashkil etgan holda 289211,7 mln. so‘m miqdorida qayd etildi.

2022- yil yanvar-fevral oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 50,0 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,5 % ini tashkil etdi. 2021- yil yanvar- fevralga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ni tashkil etgan.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2021- yil bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 100,5 foizga oshgan.Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quydagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda;

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatdan qiymati 21 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 122,4 ming tonna kartoshka import qilgan.Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 42 ming tonnaga oshgan.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati 124,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5 948 ta yengil avtomobil import qilgan. Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 873 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 2,2 % ni tashkil etib, 2021- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,5 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 19,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,4 % ga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyat korxonalari tomonidan 1198,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-fevralga oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,1 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 93,1 % ni tashkil etdi.

Boshqarmada tashkil etilgan targ‘ibot yig‘ilishida “Jizzax viloyat statistika boshqarmasi tizimida 2022 - yil 1 choragida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar rejasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Boshqarmasi boshlig‘i D.Mulajonov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi tizimida 2022 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi” mazmun-mohiyati hamda ijrosi taminlashda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar to‘g‘risida oz fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022- yil yanvar-fevral oylari yakuniga ko‘ra, 1185,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 16,6 % ga oshdi. Jami chakana savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 78,7 % ni tashkil etdi.

2021-yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda jami 10 859,3 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

2022- yil 1- yanvar holatiga, Jizzax viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 918,0 ming boshni (2021- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 101,4 %), shundan sigirlar – 258,8 ming boshni (101,8 %), qo‘y va echkilar – 2 252,4 ming boshni (101,6 %), otlar – 27,7 ming boshni (99,3 %) hamda parrandalar – 3 456,5 ming boshni (95,1 %.) tashkil etdi.

Joriy yilning 31-mart kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha a’zolar  hamda  Kasaba uyushma tomonidan “Bir jamoada ezgu maqsadlar sari” shiori ostida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” mavzusi yuzasidan tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida umumiy maydoni 493,4 ming kv.m bo‘lgan 2955 ta uy yoki 2955 ta kvartira, shu jumladan qishloq joylarida 323,9 ming kv.m  1889 ta uy–joy foydalanishga topshirildi.