15/07/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4796-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida uch ariq mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda, qarorning quydagi asosiy qisimlariga to‘xtalib o‘tildi: Mamlakatimizda statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, jumladan xalqaro tashkilotlarning maxsus nashrlari va ma’lumotlar bazalarida xolis va ishonchli aks ettirishni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Qaror asosida quydagi dasturlar tasdiqlangan Jahon banki ko‘magida ishlab chiqilgan 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 
1-ilovaga muvofiq;

2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tadbir so‘ngida uch ariq mahalla fuqarolar yig‘ini ishtirokchilari, majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha o`z  fikrlarini bildirishdi.

 

Axborot xizmati