15/06/2022

2022- yilning yanvar-aprel oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 71,0 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 0,9 % punktga kamaydi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 104,4 % ni tashkil etgan holda 708585,2 mln. so‘m miqdorida qayd etildi.


MA’LUMOT UCHUN: joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi
Jizzax shahri (346247,8 mln. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 48,9 %),
Sh.Rashidov tumani (128281,0 mln. so‘m yoki 18,1 %),
Zomin tumani (58032,7 mln. so‘m yoki 8,2 %) ga to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati