So'nggi yangiliklar

2022-yilning yanvar-may oylarida viloyatning Jizzax shahri va Zafarobod tumanidan tashqari barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2022- yilning yanvar-may oylarida, Jizzax viloyatida jami 1244,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar- may oylariga nisbatan 107,8 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 8-yanvarda qabul qilingan Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi 457-sonli Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbati tashkil etildi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-may oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 35,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 101,3 % ni tashkil etgan. Shuningdek, 2022- yilning yanvar-may oylarida  to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 31,2 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 22,8 % ga o‘sgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 1203,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatning eksportyorlari soni 101 tani tashkil etib, ular tomonidan 91,5 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 24,8 % ga oshdi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2021- yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, Elektr jihozlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 5,2 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 103,3 % ni tashkil etgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-may oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 109,5 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-may oylar yakunlariga ko‘ra, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 25,0 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 480,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-may oylarida viloyatning importyorlari soni 272 tani tashkil etib, ular tomonidan 183,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 124,7 %) tovar va xizmatlar import qilinishi ta’minlandi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra 2 184 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 456 taga yoki 126,4 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi 2022 yil 12 aprelda qabul qilingan O‘RQ-763-sonli va “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-sonli qonunlar qonun to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi.

2022-yilning yanvar-may oyida viloyatning Zafarobod va Sharof Rashidov tumanlaridan tashqari barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi, milliy daromadlarning oshishini ta’minlovchi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omilidir.

2021/2022 o‘quv yili boshida kasb- hunar ta’limi muassasalarida 6,8 ming o‘quvchi tahsil olmoqda.

Viloyat bo‘yicha 2022- yilning yanvar-may oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 877,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-may oylariga nisbatan 9,5 % ga oshdi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 33,0 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 1,3 % ini tashkil etdi.

“Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari va mehnatga oid munosabatlarning subyektlari” mavzusida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi.Yig‘ilish davomida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning maqsadi, vazifalariga aloxida to‘xtalib o‘tildi.