15/09/2023

          Boshqarmada 2023-yil 15-sentabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-ma’rifat soati" va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 158-sonli qarori to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
      Yig‘ilish davomida qarorda tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va quydagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi”. “O‘zbekiston — 2030" strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilganligi inobatga olinsin: barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;
aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta'minlash belgilab berildi.
             Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish

Tugmani bosing Tinglash GSpeech