So'nggi yangiliklar

2022-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning importyorlari soni 253 tani tashkil etib, ular tomonidan 158,4 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 2,3 martaga oshdi) tovar va xizmatlar import qilinishi ta’minlandi.

Viloyatimiz jahonning 60 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida, Jizzax viloyatida jami 998,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar- aprel oylariga nisbatan 105,1 % ni tashkil etdi.

2022 yilning 1 yanvar holatiga Jizzax viloyatida jami   333958 ta oilalar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 16 martda qabul qilingan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 611-son qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha “Jizzax shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi”da seminar tashkil etildi.

2022– yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 474,1 t. (2021– yilning yanvar–martiga nisbatan 0,9 % ga ko‘p) baliq ovlandi.

Viloyat bo‘yicha 2022-yilning yanvar-aprel oylarida chakana savdo aylanmasi 3164,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 17,9 % ga oshdi.

2022– yilning yanvar–mart oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 174,4 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil 1- may holatiga ko'ra, sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 3 791 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 105,0 % ga oshdi.

2022– yilning yanvar–mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 2 295,8 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 426,7 mlrd.so‘mga oshib, 2 275,5 mlrd.so‘mga yetdi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 28,4 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 0,9 % ini tashkil etdi.

Joriy yilning 1-aprel holatiga Jizzax viloyatida sanoat sohasi bo‘yicha 3784 ta (fermer va dexqon xo’jaliklarisiz) tijorat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 99,0 foizi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning 13-may kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida  xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ma'naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish bo‘yicha boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2022- yilning yanvar-mart oyilar davomida ishlab chiqaradigan sanoatda - 16,7 ming tonna yumshoq bug‘doy  spelta uni ( 5,7 % oshgan),  10,4 ming tonna paxta tolasi ( 45,1 % ga kamaygan), holda ishlab chiqarilib, 1,5 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i ( 46,6 % ga ) yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi.