08/09/2023

      Bugun 8-sentabr kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tmoqda! Siyosiy-ma’rifat soatida Jizzax viloyati statistika xodimlari ishtirok etishmoqda. Ushbu siyosiy-ma’rifat soatida haftaning muhim yangiliklari bilan bir qatorda “Bir chimdim” ma`naviyat rukni ham qatnashchilar e’tiboriga havola etildi. Boshqarmada o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 14-avgustda qabul qilingan “Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi ro‘yxat raqami 3451-sonli buyrug‘i to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.Yig‘ilish davomida qarorda belgilangan muhim jixatlarga aloxida e’tbor qaratildi va hujjat mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi. Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.