So'nggi yangiliklar

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-may oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 31,2 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 122,8 % ni tashkil etgan. Shuningdek, 2023- yilning yanvar-may oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 17,9 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 105,9 % tashkil etgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 1 298,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning may oyida viloyatning barcha tumanlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-may oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 0,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 93,0 % ni tashkil etgan.

Jizzax viloyati jahonning 57 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-may oylarida viloyat korxonalari tomonidan 7270,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan 

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda 331 ta suzish havzalari mavjud boʻlib, shulardan 8 ta suzish havzasi Jizzax viloyatida joylashgan.

Joriy yilning 19-iyun kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Sh.Sharipov Zomin tumani narx registratori F.Ergashev bilan birgalikda oylik 12 narx (iste'mol) kuzatuvi oziq-ovqat yoʻnalishi boʻyicha chiqib narxlarning shaffofligini kuzatdi. Registratorga kerakli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Joriy yilning  19 iyun  kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari  G' Tangriyev  reja grafikka asosan  Jizzax viloyatining  Zomin tumani Hamid Olimjon MFY Mashal ko’chasi 19-uyda  Tilagov Sherali xonadonida uy xo'jakliklari kuzatuvlarini o'tkazdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi 327 ta yoki 1,6 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023-yil yanvar-aprel oylarida ijara xizmatlari 2 177,3 mlrd. soʻmga yetib, jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,9 % ni tashkil etgan. 

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 9 819 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-may oyida ushbu sohada 1 335 ta korxonalar yangi tashkil etilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar 184 355 nafarni tashkil etib, o‘g‘il bolalar 135 280 nafar, qiz bolalar 49 075 nafarni tashkil etgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi kasb-hunar maktablar soni 337 tani tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida 2 589,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 9 819 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-may oyida ushbu sohada 1 335 ta korxonalar yangi tashkil etilgan.

2023-yil 1-iyun holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 20 371 tani tashkil etdi (ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 17 168 ta).