28/09/2023

      Joriy yilning 28-sentabr kuni boshqarmaning Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari bilan onlayn tarzda seminar tashkil etildi. Seminarda 4-xizmat (jsh) bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda 4-tr (yat) shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning 2023-yil IV-chorak kuzatuvlarini sifatli amalga oshirish va haqqoniyligini taʼminlash maqsadida tuman (shahar) statistika bo'limlari mas’ul xodimlariga tushuncha va ko'rsatmalar berildi.