Jizzax shahar Uchariq mahallasida tashkil etilgan targ‘ibot yig‘ilishida Boshqarma bosh yuriskonsult tomonidan Vazirlar mahkamasining 2023-yil 2-sentabrda qabul qilingan 437-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida malumotlar berildi. Yig‘ilish davomida “Ibratli oila” koʻkrak nishonini berish tartibiga to‘xtalib o‘tildi. Ushbu koʻkrak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan namunali oilalar taqdirlanadi. Nomzod oilalar tanlanayotganda, jumladan, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
oilada va jamoat joylarida kutubxonalar tashkil etgan;
oila aʼzolari ilmli, ziyoli boʻlgan, shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlgan;
ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka olgan;
oilaviy sport bilan shugʻullanib, respublika va xalqaro darajadagi yutuqlarga erishganligi.
Yig‘ilishda qarorning ahamiyatiga aloxida to‘xtalib o‘tildi.