So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyati bo`yicha korxona mablag`lari hisobidan 6279,7 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2020- yilga nisbatan 3,2 martaga ko`paydi.Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi korxona mablag`lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 47,5 % ni tashkil etdi.

Transport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri kelmoqda.

2022- yilning yanvar-fevral oyilar davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 11,0 ming tonna yumshoq bug‘doy va spelta uni ( 4,6 % oshgan), 9,3 ming tonna paxta tolasi ( 33,9 % ga kamaygan), holda ishlab chiqarilib, 0,8 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i ( 11,4 % ga ) yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi.

2022- yil yanvar-fevral oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 656,6 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ishlab chiqarilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida ularning ulushi 59,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar oyida jami faoliyat yuritayotgan boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 164,5 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 77,0 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 0,7 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 102,1 % ni tashkil etgan holda 289211,7 mln. so‘m miqdorida qayd etildi.

2022- yil yanvar-fevral oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 50,0 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,5 % ini tashkil etdi. 2021- yil yanvar- fevralga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ni tashkil etgan.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2021- yil bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 100,5 foizga oshgan.Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quydagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda;

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatdan qiymati 21 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 122,4 ming tonna kartoshka import qilgan.Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 42 ming tonnaga oshgan.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati 124,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5 948 ta yengil avtomobil import qilgan. Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 873 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 2,2 % ni tashkil etib, 2021- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,5 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-fevral oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 19,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,4 % ga yetdi.