18/08/2023

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 03-avgustdagi “Agrar va oziq-ovqat sohalari uchun subsidiya ajratish tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” VM-331-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida Sharof Rashidov tuman Ravalliq mahalla fuqarolar yig‘inida 2023-yil 18-avgustda davra suhbati tashkil etildi. 

      Tadbirda, farmoning quyidagi asosiy qisimlariga to‘xtalib o‘tildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, agrar va oziq-ovqat sohalari uchun subsidiya ajratish tizimini takomillashtirish hamda bu boradagi mavjud byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ushbu qaror qabul qilingan.

      Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi va tadbir ishtirokchilari tomonidan savollar bilan faol qatnashdilar.