Joriy yilning 18-avgust kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati" o‘tkazildi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan siyosiy-ma’rifat soatida Jizzax viloyati statistika xodimlari ishtirok etishmoqda. Ushbu siyosiy-ma’rifat soatida haftaning muhim yangiliklari bilan tanishdilar.
Boshqarmada targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 382-sonli qarori to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish davomida qarorda belgilangan muhim jixatlarga aloxida e’tbor qaratildi va hujjat mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi. Yig‘ilish so‘ngida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.