2023-yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida jami 2,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 4,8 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 74,5 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,7 % ni tashkil etdi.