19/09/2023

      Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra respublikamizdagi, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 42 599 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 4,7 %ini tashkil etdi. So‘nggi yillarning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

      2019-yilda – 25 602 ta

      2020-yilda – 30 279 ta

      2021-yilda – 35 710 ta

      2022-yilda – 38 287 ta

      2023-yilda – 42 599 ta