Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.
Qonunning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Qonunning maqsadi xususida aytib o‘tildi, normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning asosiy prinsiplariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; mustaqillik; xolislik; korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazishning majburiyligi; korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalarining asoslanganligi; ochiqlik va shaffoflik. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.