Boshqarmada o‘tkazilgan siyosiy-ma’rifat soatida haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30.12.2025 yildagi PQ-398-sonli qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport tizimini zamon talablari asosida isloh etish hamda ularning qamrov darajasi va sifatini oshirishni kompleks tarzda tashkil etish maqsadida qaror ishlab chiqilgan.
Ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilangan. yangi maktablar qurish, mavjud taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy anjomlar bilan jihozlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; sogʻliqni saqlash va sport tizimi muassasalarini zarur bino va inshootlar hamda infratuzilma bilan taʼminlash, mavjud binolarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish.
Ijtimoiy soha obyektlarini qurish va taʼmirlashni moliyalashtirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilishi belgilangan. Qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



