17/07/2024

      2024-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 4 568,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 7,4 % ga o‘sdi.

     Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 202,2 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 71,9 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 3 205,2 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 110,3 %), uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 161,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 108,8 %) tashkil etdi.