10/06/2022

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022- yil yanvar-aprel oylari yakuniga ko‘ra, 2550,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 7,7 % ga oshdi.


Jami chakana savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 80,6 % ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda,
Sharof Rashidov (99,8 %),
Arnasoy (98,8 %),
Zafarobod (98,4 %),
Yangiobod (98,1 %),
G‘allaorol (96,8 %),
Forish (99,3 %) tumanlarida yuqori bo‘lgan.

 

Axborot xizmati