26/08/2021

Viloyat bo‘yicha 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 54 ta shifoxona muassasalari faoliyat olib borgan bo‘lib, yil davomida 418 410 nafar bemor davolangan. Shifokorlar soni o‘tga yilga nisbatan 0,1 foizga kamaygan, shu bilab birga o‘rta tibbiyot xodimlari soni 0,3 foizga kamaygan.

Viloyatda ambulatoriya - poliklinika muassasalari soni 184 tani tashkil etib, ulardan 54 tasi qishloq vrachlik punktlari hisoblanadi.

Shu bilan birga ayrim kasalliklar bilan kasallanish holatlari bo‘yicha kamayishlar kuzatilgan. Masalan, 2020 yilda 2019 yilga nisbatan yangi paydo bo‘lgan o‘smalar  bo‘yicha 3,2 barobarga, jaroxatlanish, zaxarlanishlar va ayrim tashki sabablar bilan bog‘lik asoratlar  bo‘yicha bir barobarga ortgan.

Axborot xizmati