26/08/2021

2021– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 27 261 taga yetdi.

2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni – 192 taga (0,7 %) ko‘paydi.

2021– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami otlarning 67,6 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi. Hududlar kesimida tahlil qilinganda,otlar bosh soni eng ko‘p Forish tumanida 7572 ta,

Sharof Rashidov tumanida 4312 ta va Baxmal tumanida 3631 ta, eng past ko‘rsatkich esa Jizzax shahrida bo‘lib 112 tani tashkil etdi.

 

Axborot xizmati