26/08/2021

2021- yil yanvar-iyun oylarida viloyatda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 6 567,6 mlrd. so‘m hajm o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,0 % ni tashkil etdi.

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida  859,9 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalar ulushining 13,1 % ni,

ishlab chiqarish sanoatida 2 943,5 mlrd. so‘m (44,8 %),

qurilish  540,5 mlrd.so‘m (8,2 %),

ulgurji va chakana savdo 573,3  mlrd.  so‘m (8,7 %), 

turar joy binolari qurilishiga  298,1 mlrd. so‘m (4,5 %) va boshqa faoliyat turlariga 1 352,3 mlrd. so‘m  (20,7 %) ini tashkil etdi.

Axborot xizmati