2021– yilning 1– iyul holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 213,9 ming taga yetdi.
2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni – 34,6 ming taga (1,6 %) ko‘paydi.
Мa’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 71,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelаdi.
Qo‘y va echkilarning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkich Forish tumanida 779,7 ming dona (103,2 %) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, eng past ko‘rsatkich Arnasoy tumanida 26,4 ming dona (96,9 %) kuzatildi.