Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning alohida bosqichlarini, uning materiallarini qayta ishlash va natijalarini e’lon qilishning to‘liq davrini avtomatlashtirish maqsadida, zarur bo‘lganda, tashqi pudratchini jalb etgan holda, milliy va xorijiy tajribani inobatga olib, eng yangi texnologik yechimlar bazasida kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratiladi.
Ro‘yxatga olish varaqalaridagi aholi to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar foydalanilishi cheklangan maxfiy axborot hisoblanadi, tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi va faqat statistik maqsadlarda qayta ishlanadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi:
ro‘yxatga olish varaqalaridagi ma’lumotlarni kiritish, to‘plash va saqlashni;
ma’lumotlarni qayta ishlash, almashish jarayonlarini va ushbu jarayonni uslubiy qo‘llab-quvvatlashni monitoring qilishni;
manzillar, ma’lumotnomalar va tasniflagichlar reyestrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni aktual holatda saqlashni;
registratorlar uchun kartografik materiallarni shakllantirishni;
aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkiliy reja tuzishni avtomatlashtirishni;
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning shaxsiy ma’lumotlarini avtomatik qayta ishlashni;
shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, o‘g‘irlash, buzish yoki yo‘qotishlardan himoya qilishni;
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash sharti bilan qo‘shimcha so‘rovlarni shakllantirish uchun shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlar bazasiga ayrim tadqiqotchilarning belgilangan tartibda kirishini;
aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlaridan foydalanishni boshqarishni ta’minlaydi.
Yangiobod tuman statistika bo‘limi