24/07/2021

Boshqarmada 2021 yil 24 iyulda “Milliy qadriyatlar oyligini tashkil qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Yig‘ilishda Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri. Shunday ekan, azal-azaldan xalqimizga xos bo‘lgan milliy qiyofani shakllantiruvchi mardlik, tantilik, mehmondo‘stlik, saxovatpeshalik, o‘zaro hurmat, birodarlik, bag‘ri kenglik, mehribonlik kabi betakror fazilatlar har bir yurtdoshimiz tomonidan amalda e’zozlanishi, asrab-avaylanishi, ijobiy jihatlar qo‘shib boyitilishi, rivojlantirilishi baxtli kelajagimiz uchun eng muhim shartdir.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - milliy va an’naviy qadriyatlarni e’zozllash, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ular ongida jamiyatimizda tinchlik, millatlarlararo totuvlik va barqarorlikni mustahkamlashga bebaho hissa qo‘shayotgan, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, shu bilan birga, xalqimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlarni yanada yuksaltirish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy-ma’naviy boyligimizni ko‘z qorachig‘iday asrab avaylash va yanada qadrlashdan iborat.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                            

Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha ma'sul Butunboeva Kamolot