13/07/2021

2021- yil 1- iyul holatiga koʻra yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2020- yilning mos davri bilan solishtirilganda 118,1 foizga oshgan boʻlib, respublikadagi jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning 4,3 foiz ulushini tashkil etdi. Mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va koʻngilochar parklar va shaharchalar yashash boʻyicha xizmatlar yoʻnalishining asosiy faoliyatlari hisoblanib, 2021- yil 1- iyul holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning 6,9 foiz ulushini tashkil etdi. Restoran, oziq–ovqat mahsulotlarini yetkazish va buyurtma boʻyicha ovqat va ichimliklarni yetkazish faoliyatlari oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish boʻyicha xizmatlar yoʻnalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasining 93,1 foiz ulushini tashkil etdi.

2021 yil 1 iyul holatiga yashash va ovqatlanish xizmatlari yo‘nalishida hududlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar:

Jizzax shahri – 481 ta

Arnasoy tumani – 16 ta

 Baxmal tumani – 49 ta

 G‘allaorol tumani –102 ta

 Sharof  Rashidov tumani – 249 ta

 Do‘stlik tumani – 73 ta

 Zarbdor tumani – 63 ta

Zomin tumani – 111 ta

 Mirzacho‘l tumani – 66 ta

 Zafarobod tumani – 34 ta

 Paxtakor tumani – 81 ta

 Forish tumani – 47 ta

Yangiobod tumani – 19 ta

 

Axborot xizmati