Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati aholini ro‘yxatga olish dasturidir.
Aholini ro‘yxatga olish dasturi quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
tug‘ilgan sanasi va joyi;
yoshi;
jinsi;
millati;
fuqaroligi;
yashash joyi (turgan joyi);
tillarni bilishi;
ma’lumoti;
nikoh holati;
bolalarining soni;
uy xo‘jaligi tarkibi;
uy-joy sharoitlari;
bandligi;
yashash uchun mablag‘lar manbalari;
migratsiya.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan aholini ro’yxatga olish dasturiga qo‘shimcha ravishda boshqa savollar kiritilishi mumkin.
Javoblari davlat sirlariga va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli axborotni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi savollar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ro‘yxatga olish varaqlarining shakllari aholini ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Baxmal tuman statistika bo'limi