Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Kasimov Kamaliddin Nuriddinovich olamdan o‘tdi. U 39 yoshda edi.
10 yildan ortiq vaqt mobaynida Kasimov Kamaliddin Nuriddinovich statistika tizimida ishlagan, u yerda har doim o‘zining mehnatsevarligi, har bir ishga yuqori ma’suliyat va puxtalik bilan yondashishi, har kimni tushunish qobiliyati bilan ajralib turar edi
Kasimov Kamaliddin Nuriddinovich 1982 yilda Jizzax viloyatiningZomin tumanida tug‘ilgan.
2006 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2006 yildan Jizzax viloyati Zomin tumani hokimligi iqtisod bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2008-2010 yillarda Jizzax viloyati Zomin tumani hokimligi iqtisod bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lgan. 2010-2015 yillar mobaynida Jizzax viloyati Zomin tumani statistika bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
2015 yildan to hozirgi kungacha Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.
Yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.
Oxiratingiz obod bo’lsin.
Viloyat statistika boshqarmasi jamoasi.