Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar bo’yicha batafsil ma’lumot to‘plashning eng samarali usuli aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish hisoblanadi. Shu bois, 2023 yilda mamlakatimizda ilk bor o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga hozirdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining 2015 yildagi rezolyutsiyasiga asosan a’zo davlatlarga har o‘n yilda kamida bir marta aholini ro‘yxatga olish amaliyotini o‘tkazishni tavsiya etadi. Xo‘sh, bu bizga nima beradi? Birinchi navbatda, respublika aholisi va uning turmush sharoiti to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar aynan aholini ro‘yxatga olish orqali shakllantiriladi.
Ushbu amaliyot mustaqillik yillarida respublikamizda ilk bor o‘tkazilayotganini inobatga olib, uni tashkil etishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2020 yil 11 noyabrda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1—25 noyabr kunlari amalga oshiriladi.
Arnasoy tuman statistika bo'limi