Xizmatlar eksporti hajmi 477,6 mln AQSh dollarini yoki jami eksport hajmining 0,3 % ini tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 19,6 % ga ko‘paydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi moliyaviy xizmatlar (71,0 %), safarlar (turizm) (18,1 %) va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (10,9 %) xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan. Bu oyda boshqa ish bilan bog‘liq xizmatlar amalga oshirilmagan.