21/01/2026

   Mamlakatimizda 2026- yilning yanvar-fevral oylarida aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olinishi munosabati bilan viloyatimizdagi idora va tashkilotlarda tadbir oldi targ‘ibot uchrashuvlari, seminarlar o‘tkazilmoqda.Bugun, 21- yanvar  kuni sport boshqarmasida o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining mas'ul xodimlari qatnashdilar.Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirishning asosiy tashkiliy bosqichlari, idoralararo hamkorlik masalalari, ro‘yxatdan o‘tish savolnomasining tarkibi, amaliy jarayon bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘pgina boshqa berildi. Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma namoyish etildi