So'nggi yangiliklar

Oʻzbekistonda 2024- yilning 1- yanvar holatiga, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.

2024- yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Jizzax shahri 23,7 % bilan 1 238 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida avtotransport vositalari,treylerlar va yarim pritseplar  chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 50,2 % ni tashkil etdi.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 205 308,1 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida 10 198 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni ta’mirlash tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 34 180,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 67,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2024- yilning 9-sentabr kuni, Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig'i  tomonidan Jizzax shaxar “Navro'z” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni  hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordi.

O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 57 674,9 mlrd so‘mni  tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda fermer xo‘jaliklari tomonidan 336 945 tonna sut sogʻib olingan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida kimyo ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 46 229 tani tashkil etgan.

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2024 — 2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror to‘g‘risidagi PQ-308-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 474 114 tonna sabzavot yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 3,8 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 28,9 % ini tashkil etgan.

2024- yil 1- yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol shifokorlarning umumiy soni 49,6 ming nafarni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 25 210 taga yetgan.