So'nggi yangiliklar

2024- yilning 28- avgust kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Do‘stlik” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Saritepa” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 13,6 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 725,7 ming tonna tabiiy gaz kondensati ishlab chiqarilgan.

Jizzax viloyatida jami 2 614,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023 - yilning mos davriga nisbatan 110,8 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida me‘morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 89,6 mlrd so‘mga yetdi. Ushbu xizmatlarning umumiy hajmida Jizzax shahrining ulushi 88,2 foizni tashkil etdi.

2024- yilning 27- avgust kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  Jizzax shahri  statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan  “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni  hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordi.

Joriy yilning 27- avgust  kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi mutaxassisi Zomin tumani statistika bo‘limi boshlig'i Yuldashev Foziljon  tomonidan Zomin bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

2024- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha sport, koʻngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 765,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 12 653,5 mlrd so‘mni, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 97 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 50 356 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

2024- yilning yanvar-iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etgan.

2024- yil 1- avgust holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 1 344 tani tashkil etdi.

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, parrandalarning umumiy bosh soni 3 996,9 mingtaga yetgan.

O'zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 75,6 % yoki 173,3 trln soʻm investitsiyalar jalb qilingan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 5,6 % ni tashkil etgan.

2024- yil 1- avgust holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar  soni 53 499 taga yetgan.

2024- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi koʻchalar 684,4 ming dona yoritish uskunalari yordamida yoritilmoqda.