So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 450,1 ming dona konditsionerlar ishlab chiqarilgan.

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 1 373 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, 16 yoshgacha bolalari mavjud boʻlgan uy xoʻjaliklari 73,9 %ni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-noyabr oylari yakuniga koʻra, oziq-ovqat va ichimliklar yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi 12,7 trln. soʻmni yoki jami yashash va ovqatlanish xizmatlari (15,8 trln. soʻm) hajmining 80,1 % ini tashkil etgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-dekabr holatiga koʻra,  jami 71 110 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, 66 364 ta xususiy korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Respublikamizda 2023-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, qurilish sohasida jami 35 297 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yilning yanvar-noyabr oyida chakana savdo tovar aylanmasi 7569,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvarnoyabr oyiga nisbatan 106,0 % ni tashkil etdi Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 381,9 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ ati 99,6 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 7187,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 106,3 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1830,9 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 104,0 %) tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 17 568,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,6 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 96,7 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush 55,3 %i telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet va boshqa xizmatlar)ga to‘g'ri keladi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida, Jizzax viloyatida jami 3 553,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan 107,7 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari, moliyaviy xizmatlarning ulushi 88,3 %ni tashkil etdi. Sugʻurta xizmatlarining ulushi 6,8 % oraligʻida qayd etildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 34 651 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023– yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 308,7 ming tonna sabzavotlar (2022– yilning yanvar-sentabriga nisbatan 0,1 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 58,2 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

TSAda eksport hajmi 162540,2 ming AQSH dollariga (8,6 % ga kamaydi) va import hajmi 1165165,8 ming AQSH dollariga (158,4 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -1002625,6 ming AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.