Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, davlat statistika organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun barcha turdagi davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda avtomatlashtirilgan eStat 4.0 (hisobot.stat.uz) dasturida elektron raqamli imzodan foydalangan holda Internet tizimi orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan.
Kichik tadbirkorlik sub’yektlari toifasiga taalluqli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar 2024-yil yakuni bo‘yicha 1-KB (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”gi davlat statistika hisobotini 2025- yilning 10- martidan, chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar
2025- yilning 1- aprelidan kechiktirmay taqdim etishlari zarur.
O‘z vaqtida hisobotni taqdim etishni unutmang!!!
Davlat statistikasi monitoringini yuritish uchun zarur boʻlgan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslik, hisobot maʼlumotlarini yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish orqali davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi