So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 15-avgust kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi boʻlimi boshligʻi J. Yoʻldoshev Zomin tumanida, tuman statistika boʻlim bosh mutaxassisi F. Ergashev bilan birgalikda “Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo nuqtalarida narx-navolarni oʻrgandi.

2024– yilning yanvar– iyun oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 7 036,2 mlrd. so‘mni yoki 2023– yilning mos davriga nisbatan 102,6 % ni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 2 730,5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, sanoat tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 27,8 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 24,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 17,1 ming tonna choy import qilgan.

Viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 60,6 % va transfertlardan olingan daromadlar 27,8 % ni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 52,2 ming tonna uzum yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 4,2 trln soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga jami 387 138 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

2024-yilning yanvar-iyun oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 44,2 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulushi chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri kelib, 61,4 % ni tashkil etgan.  

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 15,6 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 072,1 ming tonna meva yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston aholi jon boshiga umumiy daromadlari 10,8 mln soʻmni tashkil etgan.

 2024-yilning 9-avgust kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  Jizzax shahri A.Navoiy MFY shahar  statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan  “A.Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni  hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 156-son buyrug‘iga asosan 1-avgustdan boshlab oy davomida dehqon vа tоmоrqа xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyatini tanlanma kuzatuvi bo‘lib o‘tmoqda.

2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 880 tani tashkil etgan.