So'nggi yangiliklar

2024- yil yanvar-iyun oylarida 18,6 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 24,7 promilleni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalari va motosikllarni taʼmirlash iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha  6,1 trln soʻm asosiy  kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 650 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 156-son hamda Jizzax viloyati Statistika boshqarmasining 24-iyuldagi 58-son buyruqlariga asosan viloyat hududidagi dehqon vа tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmlari to‘g‘risidagi ma’lutnotlarning to‘liqligi vа sifatini o‘rganish maqsadida, tanlab olingan hududlarda 2024-yilning 1-avgustidan boshlab dehqon vа tоmоrqа xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyatini tanlanma kuzatuvi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- mart sanasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114- son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, qurilish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 33 200,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 067,5 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga jami investitsiyalarning 49,6 % yoʻnaltirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 11,9 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,4 % ini tashkil etgan.

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, 635 263 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan  boʻlib (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz), oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich 6,7 % ga oʻsgan.

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 113,8 trln soʻm investitsiyalar yoʻnaltirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 1,2 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga 387 138 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 213,8 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.

2024– yilning yanvar– iyun oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 7 036,2 mlrd. so‘mni yoki 2023– yilning mos davriga nisbatan 102,6 % ni tashkil qildi.

2024- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Jizzax viloyat doimiy aholisi soni 1521,9 ming kishini tashkil etib, 33,6 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 55,6 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,8 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.