17/02/2025

      Joriy yilning 17- fevral kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Gʻulom Tangriyev hamda Narx statistikasi boʻlimi boshligʻi Jahongir Yoʻldoshev “Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining  oziq-ovqat guruhi boʻyicha Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandilar.