So'nggi yangiliklar

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy soni 981,9 ming boshga yetgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda Suv va kanalizatsiya tizimlarini   rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilgan 852,2 mlrd soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.  

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi boʻyicha bajarilgan qurilish ishlari hajmi 9,6 trln soʻmni tashkil qilgan.

2024- yil yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 12,4 trln soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyunida avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 75 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 19,5 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 16- sentabr kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig'i Djo‘rayeva Zulfiya Jizzax shahar Qaliya mahallasi Yunusobod ko‘chasi Ismoilov Abror xonadonida kuzatuvda bo‘ldi.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i norasmiy iqtisodiyotida 14 602,4 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida elektr uskunalarini ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 16- sentabr kuni Jizzax  viloyati statistika boshqarmasi Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun Ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Jizzax viloyatida elektr uskunalarini    ishlab  chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-avgust holatiga 396 448 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda. 

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-132-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Oʻzbekistonga 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 28,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 19,9 ming tonna choy import qilingan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 18,4 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024- yil yanvar-iyun oylari tumanda qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari mahsulot ishlab chiqarish hajmi 507,6 mlrd so'mni tashkil qildi. 

Joriy yilning 13- sentabr kuni Jizzax  viloyati statistika boshqarmasi  qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun  qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 3,8 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 28,9 % ini tashkil etgan.